Maxsus buyruqlar bilan cargoni kengaytirish

Cargo cargoni o'zini o'zgartirmasdan, uni yangi kichik buyruqlar bilan kengaytirishingiz uchun mo'ljallangan. Agar $PATH-dagi binary fayl cargo-birnarsa deb nomlangan bo'lsa, uni cargo birnarsasini ishga tushirish orqali uni Cargo kichik buyrug'i kabi ishga tushirishingiz mumkin. Bu kabi maxsus buyruqlar cargo --list ishga tushirilganda ham ro'yxatga olinadi. Kengaytmalarni(extension) o'rnatish va keyin ularni xuddi o'rnatilgan Cargo toollari kabi ishga tushirish uchun cargo install dan foydalanish imkoniyati Cargo dizaynining o'ta qulay afzalligidir!

Xulosa

Cargo va crates.io bilan kod almashish Rust ekotizimini turli xil vazifalar uchun foydali qiladigan dizaynning bir qismidir. Rustning standart kutubxonasi(standard library) kichik va barqaror(stable), lekin cratelarni almashish(share), ishlatish va tildagidan farqli vaqt jadvalida yaxshilash oson. crates.io saytida sizga foydali bo'lgan kodni baham(share) ko'rishdan uyalmang, ehtimol u boshqa birovga ham foydali bo'lishi mumkin!