Binary(ikkilik) fayllarni cargo install bilan o'rnatish

cargo install buyrug'i binary cratelarni mahalliy(local) sifatida o'rnatish va ishlatish imkonini beradi. Bu tizim paketlarini almashtirish uchun mo'ljallanmagan; Bu Rust dasturchilari uchun crates.io saytida boshqalar baham ko'rgan toollarni o'rnatishning qulay usuli bo'lishi kerak. E'tibor bering, siz faqat binary targetlarga ega bo'lgan paketlarni o'rnatishingiz mumkin. binary target bu o'z-o'zidan ishga tushirilmaydigan, lekin mos bo'lgan kutubxona(library) targetdidan farqli o'laroq, src/main.rs fayli yoki cratening bir qismi sifatida bajariladigan boshqa faylni o'z ichiga olgan bajariladigan dastur. Boshqa dasturlarga kiritish uchun. Odatda, cratelar README faylida crate va kutubxona ekanligi, binary targetli yoki har ikkalasi haqida ma'lumotga ega.

cargo install bilan o'rnatilgan barcha binary fayllar o'rnatish ildizining(root) bin jildida saqlanadi. Rust-ni rustup.rs yordamida o'rnatgan bo'lsangiz va hech qanday maxsus konfiguratsiyaga ega bo'lmasangiz, bu jild $HOME/.cargo/bin bo'ladi. cargo install bilan oʻrnatgan dasturlarni ishga tushirish uchun jildingiz $PATHda ekanligiga ishonch hosil qiling.

Masalan, 12-bobda biz fayllarni qidirish uchun ripgrep deb nomlangan grep toolining Rust ilovasi mavjudligini eslatib o'tdik. Keling ripgrep ni o'rnatish uchun biz quyidagilarni ishga tushirishimiz mumkin:

$ cargo install ripgrep
    Updating crates.io index
  Downloaded ripgrep v13.0.0
  Downloaded 1 crate (243.3 KB) in 0.88s
  Installing ripgrep v13.0.0
--snip--
   Compiling ripgrep v13.0.0
    Finished release [optimized + debuginfo] target(s) in 3m 10s
  Installing ~/.cargo/bin/rg
   Installed package `ripgrep v13.0.0` (executable `rg`)

Chiqishning ikkinchidan oxirgi qatori o'rnatilgan binary faylning joylashuvi va nomini ko'rsatadi, bu ripgrep holatida rgdir. O'rnatish jildi $PATH da bo'lsa, avval aytib o'tilganidek, siz rg --help ni ishga tushirishingiz va fayllarni qidirish uchun tezroq, rustda kuchidan foydalanib yozilgan tooldan foydalanishni boshlashingiz mumkin!