Patternlar va matching
Pattern (namuna, andaza) — Rust dasturlash tilida kodning biron qismini
maʼlum bir tuzilma yoki qiymatga moslashtirish uchun ishlatiladigan maxsus
sintaksis. Patternlarni match
bilan birga ishlatish orqali siz dasturning
ishlash jarayonini yana ham yaxshiroq boshqara olishingiz mumkin. Patternlar
quyidagi kombinatsiyalardan iborat boʼlishi mumkin:
- Literallar
- Qayta strukturalangan arrayʼlar, enumʼlar, structlʼar yoki tupleʼlar
- Oʼzgaruvchilar
- Pastki chiziqcha (yohud Wildcards,
_
koʼrinishida yoziladi) - Toʼldiruvchilar
Ushbu kombinatsiyalarga misol qilib x
, (a, 3)
va Some(Color::Red)
larni
koʼrsatishimiz mumkin. Ushbu kombinatsiyalar maʼlumotning tuzilishini ifoda
etadi. Dasturimiz biron maʼlumotni ushbu kombinatsiyalarga solishtirib koʼradi
va maʼlumotimizning turi aynan biz istagan shaklda ekani yoki yoʼqligini
tekshiradi. Maʼlumot tekshirilgach, dasturni davom ettirish mumkin boʼladi.
Patternni ishlatish uchun, biz uni biron maʼlumot bilan solishtiramiz. Agar
pattern maʼlumot bilan mos kelsa, biz u maʼlumotni kodning qolgan qismida
ishlatishimiz mumkin boʼladi. 6-boʼlimdagi tangalarni tartiblovchi mashina
misolini yodga oladigan boʼlsak, u yerda match
ishlatilganiga guvoh boʼlamiz.
Agar qiymat pattern bilan mos kelsa, biz uni ishlatishimiz mumkin. Aks holda,
patternning qolgan qismi ishlamaydi.
Ushbu boʼlim patternlarga tegishli barcha maʼlumotlar uchun manba hisoblanadi. Ushbu boʼlimda biz patternlarni qanday toʼgʼri ishlatish, aniq va noaniq patternlar oʼrtasidagi farq hamda patternlarning turli xil sintaks shakldagi koʼrinishlarini oʼrganamiz. Ushbu boʼlim yakunida siz patternlarni oʼz dasturlaringizdagi turli konseptsiyalarni sodda va oson yoʼl bilan ishlatishni boshlaysiz.