Cargo va Crates.io haqida ko'proq

Hozirgacha biz kodimizni yaratish(build), ishga tushirish(run) va sinab ko'rish(test) uchun faqat Cargo-ning eng asosiy xususiyatlaridan foydalanganmiz, ammo u ko'proq narsani qila oladi. Ushbu bobda biz sizga quyidagi amallarni bajarishni ko'rsatish uchun uning boshqa, yanada ilg'or xususiyatlarini muhokama qilamiz:

  • Reliz profillari bilan buildarni customizatsiya qilish
  • Kutubxonalarni(library) crates.io saytida nashr eting
  • Workspacelar bilan yirik loyihalarni tashkil qiling
  • crates.io dan binary(ikkilik) fayllarni o'rnating
  • Maxsus buyruqlar yordamida cargoni kengaytiring

Cargo biz ushbu bobda ko'rib chiqiladigan funksiyalardan ham ko'proq narsani qila oladi, shuning uchun uning barcha xususiyatlarini to'liq tushuntirish uchun uning texnik hujjatlariga qarang.