Umumiy dasturlash tushunchalari
Ushbu bob deyarli barcha dasturlash tillarida paydo bo'ladigan tushunchalarni va ular Rustda qanday ishlashini o'z ichiga oladi. Ko'pgina dasturlash tillari o'rtasida juda ko'p umumiylik mavjud. Ushbu bobda keltirilgan tushunchalarning hech biri Rustga xos emas, lekin biz ularni Rust kontekstida ko'rib chiqamiz va ushbu tushunchalardan foydalanish bo'yicha konventsiyalarni tushuntiramiz.
Xususan, siz o'zgaruvchilar, asosiy turlar, funktsiyalar, izohlar va control flow haqida bilib olasiz. Ushbu asoslar har bir Rust dasturida bo'ladi va ularni erta o'rganish sizga boshlash uchun kuchli asos bo'ladi.
Kalit so'zlar
Rust dasturlash tilida boshqa tillardagi kabi faqat til tomonidan foydalanish uchun ajratilgan kalit so'zlar to'plami mavjud. Shuni yodda tutingki, siz ushbu so'zlarni o'zgaruvchilar yoki funksiyalar nomi sifatida ishlata olmaysiz. Kalit so'zlarning aksariyati maxsus ma'noga ega va siz ulardan Rust dasturlarida turli vazifalarni bajarish uchun foydalanasiz; ba'zilarida ular bilan bog'liq bo'lgan joriy funksionallik yo'q, lekin kelajakda Rustga qo'shilishi mumkin bo'lgan funksiyalar uchun ajratilgan. Kalit so'zlar ro'yxatini A ilovasida. topishingiz mumkin.